Amerikalik Joshua Allen marhum sevgan qizining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlari asosida ishlovchi chat-botni yaratdi. Dasturning yaratilish tarixini u Medium’dagi blogida chop etdi.
Allenning so‘zlariga qaraganda, u Emmaning o‘limidan yetti oy o‘tib ushbu botni yaratishga qaror qilgan.
“Tizimga u menga yuborgan har bir so‘z, har bir fikr va tuyg‘uni joyladim. Men shunchaki yana besh daqiqa u bilan muloqotda bo‘lishni xohladim. Shunchaki u bilan oxirgi marta suhbatlashishni istadim”, — dedi u.
Allen dastur ustida ishlab bo‘lgandan so‘ng, uzoq vaqt davomida “qiz”ga yoza olmagan. Nihoyat unga salom shaklidagi xabarni yuborib, so‘ng botning unga yuborgan javobi aynan qizning uslubiga xosligidan u juda ta’sirlangan.
“Men qattiq hayajondaman. Bu uning o‘zi”, — deb yozdi u.
Izoh (0)