AQSh iste’mol mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha davlat komissiyasi (CPSC) amerikaliklarni kir vertikal solinadigan ayrim Samsung kir yuvish mashinalaridagi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar haqida ogohlantirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
CPSC ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yil martidan 2016-yil apreligacha chiqarilgan shunday mashinalar foydalanish chog‘ida portlash xususiyatiga ega. Muassasa ularning modeliga aniqlik kiritmagan.
Komissiya Samsung kir yuvish mashinalari egalariga kir yuvish jarayonida, ayniqsa, yirik yoki suvni yomon o‘tkazadigan obyektlarni yuvish vaqtida to‘liq quvvatdan foydalanmaslikni tavsiya etdi. Shu tariqa mashina barabani past tezlikda aylanadi va qurilmaning ziyon yetkazish xavfi kamayadi.
CPSC Samsung kir yuvish mashinalari egalari portlashlar ro‘y berganidan so‘ng Janubiy Koreya kompaniyasiga nisbatan jamoaviy da’vo berganidan bir oy o‘tib rasmiy ogohlantiruvini e’lon qildi.
Izoh (0)