26-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Sergelidagi uchrashuvda Toshkentda yer usti tezyurar metro qurilishini loyihalashtirishni jadallashtirish vazifalari belgilab olindi. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi avvalroq metroning “Yunusobod” yo‘nalishidagi ikki bekat qurilishini yakunlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.
2. Toshkentning Sergeli tumanida 2017—2022-yillarda 500 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi.
3. O‘zbekistonda parlament vakolatlari kengaytirildi. Masalan, Senat qo‘mitalari endi Senat majlisida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatlari masalalari bo‘yicha axborotlarini tinglash haqidagi masalalarni ko‘tarishi mumkin.
4. O‘zbekistonda go‘zapoyadan yog‘och qirindili plitalar ishlab chiqarila boshlaydi. 2017-yil oxirigacha ishga tushiriladigan uchta loyihaning taxminiy qiymati 7,3 million dollarga teng bo‘ladi.
5. Bangladeshda bir oilaning ikkitadan ortiq avtomobilga egalik qilishiga cheklov joriy etiladi. Aytishlaricha, mamlakat poytaxti Dakka jahonning nafaqat nafaqat odamlar, balki mashinalar ham eng zich joylashgan shaharlaridan biriga aylangan.
Izoh (0)