O‘zbekistonning “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, shartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar bilan dastlabki shartnoma 5 yil muddatga tuziladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, harbiy xizmatda bo‘lishga imkon beruvchi yoshga qadar 5 yildan kam qolgan bo‘lsa, shartnoma bundan oz muddatga tuzilishi mumkin.
Avvallari xizmatni o‘tash haqidagi dastlabki shartnoma muddati unvonga bog‘liq edi. Jumladan, shartnoma oddiy askar va serjantlar bilan 3 yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha esa 5 yilga tuzilar edi.
Harbiy xizmatni o‘tash muddati va uning asosiy shartlari, avvalgidek, shartnomada o‘z aksini topadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)