Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev davolanish uchun Moskvaga yetib keldi. Bu haqda “TASS” Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qildi.
Avval xabar qilinganidek, BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Turkiya orqali Nyu-Yorkka yo‘l olgan Atambayev Istanbul aeroportiga yetib kelganidan so‘ng o‘zini yomon his qilib, ko‘krak qismida og‘riq sezgan. Aeroportning o‘zidayoq u dastlabki ko‘rikdan o‘tkazildi va “yurak bilan bog‘liq muammo simptomlari” aniqlandi. Turkiyalik shifokorlar Atambayevga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishni tavsiya qildi.
Keyinroq Almazbek Atambayev tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun qisqa muddatli ta’til olgani haqida xabar qilindi.
Izoh (0)