Vega tashuvchi raketasi 16-sentabr, juma kuni tongda Peru aerokosmik tadqiqotlar va ishlanmalar milliy komissiyasiga tegishli Yerni kuzatuvchi PeruSAT-1 sun’iy yo‘ldoshi va Terra Bella kompaniyasiga qarashli to‘rtta SkySat sun’iy yo‘ldoshini olib chiqdi. Bu haqda France-Presse agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Raketa mahalliy vaqt bo‘yicha 22:43 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 06:43) Kurudagi kosmodromdan uchirildi. To‘rtta SkySat sun’iy yo‘ldoshi Yerning uch o‘lchamli modelini tuzish uchun mo‘ljallangan.
Peruning PeruSAT-1 Yerni kuzatish sun’iy yo‘ldoshi oxirgi avlod optik asboblari bilan jihozlangan.
Parvoz 2012-yilda foydalanila boshlangan Vega tashuvchi raketasi uchun yettinchisi bo‘ldi.
Izoh (0)