Vertu kompaniyasi Signature Touch lyuks lineykasidagi yangi model — Carbon Sport’ni taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Smartfon unchalik yuqori darajadagi xususiyatlarga ega bo‘lmasa-da, u baribir kompaniyaning barcha qurilmalari ichida eng kuchlisi bo‘ldi.
Signature Touch Carbon Sport’ning orqa qismi buzoq terisidan yasalgan bo‘lib, to‘q sariq rangda va qora vertikal detallarga ega. Yonboshdagi romlar titandan yasalgan, dinamikni esa sopoldan yasalgan qism o‘rab turadi. Displeyni 130 karatli yaxlit yoqut panel himoya qiladi. Har bitta qurilma qo‘lda yig‘iladi.
Smartfon 5,2 dyuymli va 1920×1080 pikselli ekran, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 810 chipseti, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira, 21 megapikselli asosiy va 2,1 megapikselli old kamera, 3160 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlandi.
Qurilma Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi. Yangi Vertu’ni 14,9 ming dollarga xarid qilish mumkin.
Izoh (0)