Iroqda sodir etilgan ikki portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi va 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sinxua” agentligiga ko‘ra, bombalardan biri Bag‘dod shimoli-sharqidagi bozorda portladi. Buning oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi yaralandi. 8 kishi jarohatlanishiga olib kelgan yana bir portlash poytaxt yaqinidagi istirohat bog‘ida ro‘y berdi.
Hozircha hech bir terrorchi guruh mazkur hodisalar uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)