Malayziya rasmiylari Tanzaniya qirg‘oqlaridan topilgan bo‘laklar Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH370 reysiga tegishli ekanligini tasdiqladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Oldinroq havo kemasi parchalari Hind okeanidagi Reyunyon orolidan topilgandi. Shuningdek, Mozambik va Janubiy Afrika respublikasi ham topilmalar haqida ma’lum qilgan. Avstraliya rasmiylari MH370 reysi uchuvchisi Hind okeani janubiga uchishni modellashtirganini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Kuala-Lumpurdan Pekinga yo‘l olgan, bortida 227 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 777-200 2014-yil 8-martga o‘tar kechasi radarlardan g‘oyib bo‘lgandi.
Izoh (0)