Dunyodagi eng yirik internet-riteyler Amazon 2017-yil oxirida o‘zi uchun eng yirik bo‘lgan 253 megavatt quvvatiga ega shamol bog‘ini ochishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Interfaks”. Kompaniya press-relizida aytilishicha, u Texas shtati Skarri okrugida joylashadi.
Yuzdan ortiq shamol turbinalari yiliga 1 million megavatt/soat elektr energiyasini ishlab chiqara oladi, bu deyarli 90 ta Amerika uy xo‘jaliklarini elektr bilan ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi.
Qurilish bilan Lincoln Clean Energy shug‘ullanadi, shamol bog‘iga egalik qilish va uni boshqarish ham shu kompaniya zimmasida bo‘ladi. Amazon esa ishlab chiqariladigan elektr tokining 90 foizini sotib oladi.
Avvalroq Amazon Indiana, Shimoliy Karolina, Ogayo va Virginiya shtatlarida shamol bog‘lari ochish niyatini ma’lum qilgan edi, ular kompaniyaning mavjud va bo‘lajak “bulut” markazlarini elektr toki bilan ta’minlaydi.
Beshta loyiha birgalikda har yili 2,6 million megavatt/soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Izoh (0)