Futzal bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Xorze Brazz JCh—2016 guruh bosqichi 3-turi oldidan bo‘lajak raqib O‘zbekiston haqida iliq fikrlar bildirgani haqida “Olamsport” nashri ma’lum qildi.
“Bizga qarshi o‘yinda O‘zbekiston termasini faqatgina g‘alaba qanoatlantiradi. Shu boisdan bizga oson bo‘lmasligi aniq. Muxlislar yaxshi va taktik o‘yin guvohiga aylanishadi”, — dedi Brazz.
“O‘zbekiston termasi juda kuchli murabbiyga ega. Jamoaning Kolumbiyaga qarshi o‘yinini zalning o‘zidan kuzatdim. Ular yorqin o‘yin namoyish etishdi”, — deb ta’kidlagan Portugaliya ustozi Rikardinyodek futzalchisi borligidan faxrlanishi va unga bo‘lgan hurmati chegara bilmasligini qistirib ketdi.
Izoh (0)