Facebook algoritmi halokat mavzusi bo‘yicha “quvnoq” videoni avtomatik tarzda montaj qildi, deb yozadi TJournal.
9-sentabr kuni Yuta shtatida yashovchi Josh Gibson Orem shahrida, o‘z so‘zlariga ko‘ra, “o‘lim keltirishiga sal qolgan” avtohalokatga uchragan: to‘qnashuvdan so‘ng uning avtomobili ag‘darilib ketgan va shu holatda bir necha metrga uchib ketgan.
Hodisadan keyin Josh voqea joyidan olingan bir nechta suratni Facebook’ka joyladi, ijtimoiy tarmoq algoritmi esa ularni avtomatik tarzda quvnoq musiqa ostida montaj qildi va rolikni “Oremdagi Juma” deb atadi.
Video Joshga kulgili va bir vaqtning o‘zida surbet bo‘lib tuyuldi, shu tufayli uni YouTube’ga joyladi. Rolik ommalashib ketdi, uni bir kecha-kunduzda chorak million martadan ko‘proq tomosha qilishdi.
Izoh (0)