AQShning Texas shtatidagi Ostin shahrida ko‘p qavatli avtoturargohdan avtomobilda uchib chiqqan haydovchi mo‘jizaviy tarzda omon qoldi, deb xabar bermoqda TJournal.
Avtoturargohda mashinasini qoldirishga uringan haydovchi boshqaruvni yo‘qotdi va to‘siqqa urilib, pastga quladi. Uning baxtiga mashina g‘ildiragi simlarga ilinib qoldi va avtomobil yerga qulamadi.
Haydovchi xavfsizlik kamarini yechib, o‘ziga zarar yetkazmasdan avtomobil oynasidan chiqib oldi.
Izoh (0)