AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp raqibi Hillari Klinton uning tarafdorlarini “ayanchli to‘da” deb atab, saylovoldi kampaniyasi davomida eng jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini aytdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
“Hillari Klinton siyosiy mavsumdagi eng xunuk xatoga yo‘l qo‘yib, amerikalik saylovchilarga qaratilgan bu be’mani tashlanishni tan olish o‘rniga uni yopishga urinishi sharmandalik emasmi? Shuncha amerikalikka nisbatan nafrati va takabburligi bilan u qanday qilib AQSh prezidenti bo‘lishi mumkin?” — deyiladi Trampning rasmiy saytida joylashtirilgan bayonotda.
Klinton o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishi chog‘ida Trampni qo‘llab-quvvatlayotganlarning yarmini “achinarli to‘da” deb atagandi.Biroq keyinchalik u mazkur so‘zlari uchun uzr so‘radi.
Izoh (0)