Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi jadvaliga o‘zgarish kiritdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
12-sentabr, dushanba kuni u saylovoldi safari bilan Kalifoniya va Nevadaga jo‘nashi kerak edi. Biroq AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod shtabi vakili mamlakat g‘arbiy qirg‘og‘iga tashrif qoldirilganligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq shifokorlar Klintonni tekshiruvdan o‘tkazib, o‘pka yallig‘lanishi tashxisini qo‘ygani, unga antibiotiklar qabul qilish va ko‘proq dam olish tavsiya etilgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)