O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi matbuot xizmati 2016-yilning ikkinchi choragida O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilingan beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘lari – grantlar haqida ma’lumot berdi.
Joriy yilning ikkinchi choragida umumiy qiymati 47,7 million dollarga teng 89 ta xorijiy grant quyidagi yo‘nalishlarga jalb qilindi:
- Sog‘liqni saqlash, ta’lim va xodimlarning malakasini oshirish (42 ta grant) – 20,0 million dollar;
- Huquqni muhofaza qilish va bojxona organlarini texnik jihozlash va institutsional rivojlantirish (7 ta grant) – 9,6 million dollar;
- Uy-joy, transport va energetik infratuzilmalarni rivojlantirish (4 ta grant) – 6,8 million dollar;
- Davlat boshqaruvi organlarini institutsional rivojlantirish va moddiy-texnika bilan jizohlash (3 ta grant) – 6,2 million dollar;
- Ijtimoiy himoya va madaniyatni rivojlantirish (12 ta grant) – 2,1 million dollar;
- Qishloq va suv xo‘jaligi (11 ta grant) – 1,4 million dollar;
- Ekologiya (4 ta grant) – 0,9 million dollar;
- Boshqa yo‘nalishlar (6 ta grant) – 0,7 million dollar.
Izoh (0)