10-sentabrga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik barcha hojilar Makkadagi mehmonxonadan Mino vodiysiga o‘tdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.
“Aynan mana shu amal bilan (yolg‘on Arafa kunidan boshlab) Haj amallari boshlanadi. So‘ng, 11-sentabr kuni — Zul-hijja oyining 9-kuni ziyoratchilarimiz Arofat vodiysiga o‘tishadi va bu yerda Hajning asosiy farzlaridan biri amalga oshiriladi”, — deyiladi qo‘mita axborotida.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylarida ibodat qilib, duo va namoz hamda boshqa ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘ladi.
“Hozirda Mino vodiysida o‘zbekistonlik hojilar ibodatlarni ko‘tarinki kayfiyatda davom ettirmoqda. Ular Yaratgandan oilalariga baxt-saodat, xalqqa farovonlik, O‘zbekistonga tinchlik va osoyishtalik tilab duolar qilmoqda”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)