O‘zbekistonlik hojilar Saudiya Arabistonining Arafot maydonidagi ibodatlarini nihoyasiga yetkazib, shom namozidan so‘ng tashkiliy ravishda maxsus avtobuslarda Muzdalifa maydoniga yetib keldi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ular bu yerda shom va xufton namozini ja’m qilib ado etdilar va Hajning yana bir rukni bo‘lgan Jamarot — shaytonga tosh otish uchun 49 donadan tosh terdilar”, — deyiladi qo‘mita axborotida.
Qayd etishlaricha, o‘zbekistonlik hojilar bir muddat bu yerda bo‘lib, so‘ng Mino vodiysiga qaytgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)