“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining “Orzu layneri” 9-sentabr kuni soat 19:00 da Toshkent aeroportidan uchib, Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportiga muvaffaqiyatli borib qoʻndi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yangi laynerni Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi xodimlari, aeroport rahbariyati, mahalliy vazirlik va idoralar, OAV vakillari kutib olgan.
“Olmaota xalqaro aeroporti Boeing-787-8 Dreamliner rusumidagi samolyotni ilk marotaba qabul qildi va xizmat koʻrsatdi”, — deyiladi “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati xabarida.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotini 5-sentabridan boshlab ekspluatatsiya qila boshladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)