Ispaniyada minglab odamlar poytaxt shahar Madrid ko‘chalariga chiqib, an’anaviy buqa jangini, shu jumladan, korridani to‘xtatishni talab qilmoqda. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Norozi fuqarolar ko‘tarib olgan transparantlarda buqa janglari beshafqatlik maktabi hamda millat uchun sharmandalik ekanligi ta’kidlanadi.
Shu yilning iyunida Kastiliya-Leon mintaqasi hukumati shahar festivallarida buqalarni o‘ldirishni taqiqladi. Shunga qaramay, har yili Ispaniya bo‘ylab bu kabi 2 mingga yaqin tadbirlar o‘tkaziladi.
Izoh (0)