AQSh iste’mol mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi Samsung Galaxy Note 7 egalarini smartfonlardan foydalanmaslikka hamda batareyadagi nuqson sababli qurilmani o‘chirib tashlashga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RKB” xabar bermoqda.
Qo‘mita Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini tezroq chaqirib olishi uchun tashkilot bilan ish olib bormoqda. Shuningdek, muassasa Galaxy Note 7 o‘rniga yangisini almashtirib berish maqbul-maqbulmasligini o‘rganib chiqmoqda.
Avvalroq AQSh federal aviatsiya boshqarmasi yo‘lovchilarga parvoz vaqtida Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridan foydalanmaslikni tavsiya qilgandi.
Shuningdek, Avstraliyaning uchta aviakompaniyasi akkumulyatorlar alangalanishi hodisalari aniqlangani tufayli yo‘lovchilarga Samsung kompaniyasining Galaxy Note 7 smartfonidan bortda foydalanish yoki quvvatlantirishni man etgan edi. AQShda esa salonida Galaxy Note 7 smartfoni portlab ketgan yo‘ltanlamas yonib ketdi.
AQSh federal aviatsiya boshqarmasining tavsiyasidan so‘ng Samsung Electronics aksiyalari birja savdolarida 4 foizga tushib ketdi.
Izoh (0)