Daryo

AQShda salonida Galaxy Note 7 smartfoni portlab ketgan yo‘ltanlamas yonib ketdi

Hodisa erkak smartfonini avtomobilida quvvat oldirish uchun qoldirib ketgandan so‘ng yuz berganligi ta’kidlanmoqda

1 daqiqa o‘qish33 984 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Amerikaning Florida shtatida Galaxy Note7 smartfonining portlab ketishi yo‘ltanlamasning yonib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Time jurnali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Facebook/ Nathan Lydia Dornacher

Hodisa erkak smartfonini avtomobilida quvvat oldirish uchun qoldirib ketgandan so‘ng yuz berganligi ta’kidlanmoqda.

“Dam olish kunlarimda barbekyuni istamagan edim”, — deb yozdi avtomobil egasi Neyten Dornaxar Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. U, shuningdek, olov ichida qolgan avtomobili suratlarini sahifasiga joylashtirdi.

Galaxy Note 7 smartfonlarining sotuvi dunyoning o‘nta mamlakatida 19-avgust kuni boshlangan edi. OAVlar Samsung batareyalarning portlab ketish ehtimoli tufayli Galaxy Note 7 ning sotuvini to‘xtatib turishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng kompaniya barcha Galaxy Note 7 smartfonlarini yangisiga bepul almashtirib berishini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar