AQSh aviatsiyani tartibga solish boshqarmasi yo‘lovchilarni samolyotda Samsung Galaxy Note 7 smartfonini ishlatish yoki quvvatlantirish xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Parvoz vaqtida ushbu smartfonlardan foydalanmasligingizni maslahat beramiz”, – deyiladi xabarda. Galaxy Note 7 smarfonlarining batareyasidagi nuqson tufayli Samsung Electronics kompaniyasi mazkur qurilmalarni ishlab chiqarishni to‘xtatdi.
Avvalroq Avstraliya aviakompaniyalari yo‘lovchilarga Galaxy Note 7 smartfonidan bortda foydalanishni man etgandi. AQShda esa salonida Galaxy Note 7 smartfoni portlab ketgan yo‘ltanlamas yonib ketdi.