O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabriga uning rafiqasi Tatyana Karimova hamda Lola Karimova-Tillayevalar gul qo‘ydi. Gul qo‘yish marosimi “O‘zbekiston” telekanali orqali namoyish etildi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Hazrati Hizr masjididagi qadimiy qabristonda Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva ishtirokida Islom Karimov ruhiga Qur’on tilovat qilindi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr, juma kuni vafot etdi. Dafn marosimi 3-sentabr kuni Islom Karimovning o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)