• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Anvar qori Tursunov: Sizdan ozod va obod vatan qoldi

    O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov maqola bilan chiqish qildi. Maqola matni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi saytida e’lon qilingan.

    Foto: “Vakillik.uz”

    Foto: “Vakillik.uz”

    Mana, bir necha kundirki, og‘ir musibatdan o‘zbek xalqi o‘ziga kela olayotgani yo‘q. Bunday judolikni nafaqat xalqimiz, balki dunyo hamjamiyati his etyapti. Yaqin o‘tmishda O‘zbekiston deya atalguvchi qaddi bukilgan, sha’ni tahqirlangan muqaddas zaminni qayta oyoqqa turgazgan, turgazganda ham sarbaland maqomda, o‘zligi, e’tiqodi, jasoratini tarannum etgan millat xaloskori Rafiqi a’loga yo‘l oldi.

    E’tirof etilganidek, Islom Karimov qaysi lavozimda, qaysi vazifada faoliyat olib bormasin, doimo Vatan taqdiri, yurt qayg‘usi bilan yashadi. Yurtdoshlarimiz 25 yillik hayoti davomida barcha erishgan yutuqlari, saodatli onlarini bevosita u kishining nomi bilan bog‘laydi. Bir oqil rahbar bo‘lsa shu insonchalik bo‘lar...

    O‘tgan asrning 80-yillariga kelib, har tomonlama qoloq mamlakatga aylangan, bir yoqlamali tizimga asoslangan iqtisodiy nochor ahvolga kelib qolgan davlatni tarixan qisqa davr ichida tenglar ichra teng yurtga aylantirib, barqaror o‘sish sur’atlariga erishtirish uchun qancha zahmatlar, qanchadan-qancha matonat, chidam, sabr, bardosh kerak bo‘larkin... Zero, bunday darajalarga birdan erishib qolganimiz yo‘q.

    Azizlar, bugun ko‘zlarda yosh bilan nazar tashlaylik yurtimiz qudratiga: qaysi soha, qaysi bir tarmoq, yo‘nalish rivoj topmay qolib ketdi? Hech qaysi! Alloh taolo yurt egasining tinimsiz harakatlari, shijoatlari evaziga uning yo‘lini ochishi bilan diyorga O‘z rahmatlari, barakotlarini yog‘dirdi. Ne’matlar ketidan ne’matlar kela boshladi.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Inson vafot etgach amallari to‘xtaydi. Faqat unga uch narsadan savob yetib turadi: sadaqai joriya (savobi davomli yaxshi ish), foydali ilm, uning haqiga duo qiluvchi solih farzand”, — deya marhamat qilgan muborak hadislarini yaxshi bilamiz. Yurtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan xalqimiz uchun bunyod etilgan minglab inshootlarni ta’riflash shart emas.

    Toshkent shahrining betakror me’moriy mo‘jizasi bo‘lib barpo etilgan “Minor” masjidi ochilishidagi u kishining so‘zlari hamon qulog‘imiz ostida jaranglaydi: “Avvalo bunday ibodat uylari xalqimiz uchun. Mard va jasur, turli og‘ir zamonlarda matonat va chidamlik ko‘rsatgan xalqimiz uchun! O‘zbekistonimizning jahon darajasida e’tirof etilayotgan turli yo‘nalishlardagi yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani, iqtisodiyotimizning o‘sib borishi, xalqimizning hayot darajasi, hayot sifatining tobora o‘sib borishi, eng muhimi, kishilar bugungi tinch osuda hayotidan rozi bo‘lib yashayotganligining sababi — Allohning marhamatidir. Tangrimiz bizni O‘zi asramoqda, O‘zi yo‘limizni ochib bermoqda”.

    Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq buyuk allomalarimiz, muhaddisu, faqih ulamolarimiz ilmiy meroslarini tadqiq etish, yosh avlodni ajdodlarimizning boy ma’naviy bilimlari asosida tarbiyalashga yurtboshimiz rahnamoligida alohida e’tibor qaratildi. “Ma’naviyati yuksak xalqni yengib bo‘lmaydi” degan so‘zlari dolzarbligi bugun yanada ravshan bo‘lmoqda. Qolaversa, U kishining adabiyot, ma’naviyat, iqtisod, siyosat,jamiyat, tilshunoslik va boshqa fanlarga metodoliya bo‘lib xizmat qiluvchi asarlari manfaatli ilmni ifodalab beradi.

    Ortlarida qolgan farzandlar... Butun o‘zbek xalqi farzandlari... “O‘zbekistonda unib o‘sayotgan har bir farzand mening farzandim”, deya yoshlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatar edilar. Bugun ana shu farzandlar ko‘zlarda yosh, qalblarda ayriliq firog‘i bilan u kishininig ortlaridan duolar qilmoqda, xatmi Qur’onlar o‘qib bag‘ishlamoqda. Alloh taolo ana shu oyati karimalar, qilingan barcha ezgu amallar barakotlaridan farovon hayotimiz, nurli istiqlolimiz asoschisi — Prezidentimiz qabrlarini nurlarga to‘ldirsin!

    Albatta, Alloh taqdiriga itoat etamiz, foniy dunyo haqiqatiga taslim bo‘lamiz. Buyuklar vafot topsa ham, hamon biz bilan hamnafas yashayotgandek tuyulaveradi. Ularning yo‘qligiga ishongisi kelmaydi kishining. Sababi ular hayotlarida bajargan ulkan ishlari bilan, qalblarga o‘rnashgan muhabbatlari bilan bir zumda yo‘q bo‘la olmaydilar. Balki, zamonlar osha avlodlarni o‘zlarining amaliy, ma’naviy jasoratlari bilan faxrlantirib keladilar. Alloh taolo Qur’oni Majidda marhamat qilganidek: “Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ezgulikdir” (Ar Rahmon, 60).

    Yurtboshimizning farovon hayotimiz uchun amalga oshirgan barcha xayrli ishlari mukofotini oxiratda Yaratganimiz o‘ziga ma’lum bo‘lgan adaddagi ajrlar ila mukofotlasin! Bu og‘ir damlarda xalqimizga Alloh chiroylik sabr bersin.

    Anvar qori Tursunov,Toshkent shahar bosh imom-xatibi

    07.09.2016, 12:50   Izoh (0)   49259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fast and Easy 2—6 oyda IELTS darajasini 4,5 dan 7,5 ballga chiqara oladigan maxsus o‘quv kurslariga qabul e’lon qildi

    07.09.2016, 10:37

    Profi Education’da yangi rekord — 93 foiz!

    06.09.2016, 17:52

    Ozarbayjon prezidenti hamdardlik izhor etish uchun O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasiga keldi

    06.09.2016, 17:31

    “Toshkent — Andijon” temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

    06.09.2016, 16:56

    Malayziya bosh vaziri Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    06.09.2016, 16:33

    Foto: Toshkentning Navoiy ko‘chasi va O‘qchi mahallasi oralig‘idagi ochiq maydonda yong‘in yuz berdi

    06.09.2016, 16:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.