O‘z lavozimidan senat qaroriga ko‘ra ozod etilgan Braziliya sobiq prezidenti Dilma Russef mamlakat poytaxtidagi davlat rahbari rasmiy qarorgohi — Alvorada saroyini uzil-kesil tark etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, saroy yonida uni tarafdorlari va hamkasblari gullar bilan qarshi oldi. Russefni kuzatib qolganlar orasida sobiq vazirlar va Mehnatkashlar partiyasi kongressmenlari bo‘lgan.
Shuningdek, Russef tarafdorlari uni aeroport oldida ham qarshi oldi, u yerdan u Portu-Alegri shahriga jo‘nab ketdi.
Braziliya senati 60 ta ovoz bilan Dilma Russefga nisbatan impichment qarorini qabul qildi. Alohida ovoz berish natijasida senatorlar unda davlat lavozimlarini egallash imkoniyatini qoldirdi.
2018-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlargacha davlat rahbari lavozimini vaqtincha Mishel Temer egalladi. Russefning o‘zi lavozimdan chetlatilishini davlat to‘ntarishi deb atadi va siyosiy faoliyatini davom ettirishga va’da berdi.
Izoh (0)