Britaniyaning 32 yoshli fuqarosi Oldberi Mark Kronin Lego bolalar konstruktoridan ikkinchi turdagi diabet tufayli kesib tashlangan oyog‘i uchun protez yasadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Britaniyalik o‘z ixtirosining surati bilan Reddit platformasida bo‘lishdi. Sun’iy oyoq yasab berishlarini kutib yurgan kunlarida, Kronin qizidan Lego konstruktorini so‘rab olib, o‘zi protez yasab qo‘ya qoldi.
Ammo, erkakning aytshicha, o‘yinchoq “oyoq” yurish imkonini bermaydi. Ayni paytda Kroninga tibbiy protez taqdim etishgan. Legodan yasalgan konstruksiyani esa britaniyalik san’at asari sifatida saqlab qo‘ydi.
Izoh (0)