Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari Xitoyning Bishkekdagi elchixonasi hududida terakt amalga oshirgan xudkushning shaxsini aniqladi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizli qo‘mitasidagi manbalariga tayangan holda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“XXR elchixonasi hududidagi terakt ijrosiga aloqador shaxslar davrasi aniqlandi”, — ma’lum qildi u.
Qo‘mitadagi ma’lumotlarga qaraganda, jinoyat buyurtmachilari Suriya hududida faoliyat yuritayotgan Uyg‘ur terrorchi tashkiloti emissarlari bo‘lgan. Ular jinoyatga Qirg‘iziston fuqarolarini jalb qilgan. Akt ijrochisi esa Tojikiston pasportiga ega, millati uyg‘ur terrorchi bo‘lgan.
Izoh (0)