Tiva Respublikasida istiqomat qiluvchi maktab o‘quvchisi ota-onasining mashinasini boshqara turib to‘qqiz yoshli bolani urib ketdi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 4-sentabr, yakshanba kuni Barun-Xemchik tumanida yuz bergan.
“Barlik qishlog‘ining 11 yoshli fuqarosi Toyota Caldina mashinasini boshqara turib, uyi oldida aylana harakat qilgan va uy oldida bo‘lgan to‘qqiz yoshli bolani urib ketgan. Hozirgi paytda bola jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan”, — deyiladi matbuot xizmat xabarida.
Voyaga yetmagan o‘quvchi qizning otasiga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga boshqaruvni berish moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Uning onasiga nisbatan ham ota-onaning tarbiyaviy majburiyatlarini bajarmaganlik bo‘yicha bayonnoma tuzildi.
Izoh (0)