JCh—2018 3-saralash bosqichidan joy olgan Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin mehmonlar murojaatiga ko‘ra 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi, deb xabar berdi O‘FF matbuot xizmati.
“Qatarga qarshi o‘yin O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi”, — deb yozilgan tashkilotning Twitter’dagi sahifasida.
Bundan tashqari O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari uchrashuvni qora bog‘ichda o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, JCh—2018 yo‘lidagi bellashuvni Qatar to‘q qizil, O‘zbekiston esa ko‘k rangli libosda o‘tkazadi.
Izoh (0)