Ramzan Qodirov respublikada tabiiy ofat — shiddatli shamol va momaqaldiroqli yomg‘ir oqibatlarini bartaraf etish uchun tezkor shtab tashkil etdi. Bu haqda Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Grozniyda to‘liq yoki qisman ko‘p qavatli va aholi uylari, kasalxona, maktab, bolalar bog‘chasi, ma’muriy binolar tomlari uchib tushdi hamda shikastlandi. Yuzlab daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari ustunlari va reklama bannerlari quladi, simlar uzildi. Afsuski, qurbonlar ham bo‘ldi: Grozniyda 21 yoshli qiz olingan jarohatlar tufayli olamdan o‘tdi”, — ta’kidladi Qodirov.
Checheniston yetakchisining bildirishicha, Grozniydan tashqari, Nadterechniy, Urus-Martan va boshqa tumanlar ham tabiiy ofatdan aziyat chekkan. Hozirda ta’mirlash brigadalari ko‘chalarni tozalash, elektr ta’minotini tiklash, ofat oqibatlarini bartaraf etishga kirishdi. Ayni paytda yetkazilgan zarar hajmiga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)