Belarusning Vitebsk viloyati, Braslav tumanida 27-avgust, shanba kuni Che-23M suv samolyotining qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Braslav tumanida uch kishilik suv samolyoti halokatga uchradi. Buning oqibatida yo‘lovchilardan biri halok bo‘ldi, yana bir yo‘lovchi va samolyot uchuvchisi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi”, — ma’lum qildi vazirlik vakillari.
Belarus Tergov qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, halok bo‘lgan shaxs minsklik bo‘lib, jarohatlanganlar ham mamlakat fuqarosi hisoblanadi. Suv samolyoti belaruslik tadbirkorga tegishli edi.
Izoh (0)