Iroq tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni rasmiylaridan elchi Tamir as-Subhonni almashtirishni talab qildi. Bu haqda vazirlikning 28-avgust, yakshanba kuni tarqatilgan bayonotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
“Uning Bag‘dodda bo‘lishi Iroq va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishi yo‘lida to‘siqdir. TIV uning almashtirilishini talab qiladi”, — ta’kidladi vazirlikning rasmiy vakili Ahmad Jamol.
Ma’lumot uchun, аs-Subhon mamlakatning Iroqdagi oxirgi 26 yil mobaynidagi birinchi elchisi. Saudiya elchixonasi 1-yanvarda o‘z faoliyatini tikladi: vakolatxona 1990-yilda, Iroq Kuvaytga bostirib kirganidan so‘ng yopilgandi.
Izoh (0)