Qohira janubida 28-avgust, yakshanba kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida kamida 13 nafar misrlik halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi. Avtohalokat Soxag viloyatining shu nomli shahri xalqaro aeroporti hududidagi trassada sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Mazkur yo‘lda mikroavtobus yengil avtomobil bilan to‘qnash keldi. Qurbonlar orasida 9 yoshli bola ham bor.
Ma’lumot uchun, Misrda o‘tgan yili ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalarida 6,2 ming kishi halok bo‘ldi, 19,3 ming kishi yaralandi. Mamlakat bu borada arab davlatlari orasida 16, dunyoda 109-o‘rinda turadi.
Izoh (0)