Germaniya hukumati yil oxirigacha Yaqin Sharq mamlakatlaridan 300 mingga yaqin muhojir va qochqinni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat migratsiya ishlari muasssasasi rahbari Frank-Yunger Vayze ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Biz bu yil 250 mingdan 300 minggacha qochqinni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Mamlakat hududiga katta miqdordagi odamlarning kelishi ehtimoli kam”, — deb ta’kidladi Vayze.
Germaniyada sentabr oyi o‘rtalarida yirik nemis kompaniyalari rahbarlarining Angela Merkel bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda kansler ularga qochoqlarni ko‘proq ishga qabul qilishga chaqirishi kutilmoqda.
Izoh (0)