Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev hukumatga Rossiya poytaxtida sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari oilasiga zarur yordam ko‘rsatishni topshirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada ro‘y bergan yong‘inda Qirg‘izistonning 14 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Ular asosan 18 dan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar ekanligi bildirilmoqda. Yana uch nafar qirg‘izistonlik kasalxonalarda bo‘lib turibdi.
Hozirda mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari marhumlar jasadini vataniga yetkazish masalasini hal etmoqda.
Izoh (0)