Xitoyning Gansu provinsiyasi politsiyasi ancha yillar avval 11 nafar ayol va bolaning umriga zomin bo‘lgan qotilni hibsga oldi. Bu haqda 28-avgust, yakshanba kuni China Daily ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Politsiya manbalariga ko‘ra, familiyasi Gao bo‘lgan 52 yoshli erkak 1988-yildan 2002-yilgacha Gansu provinsiyasining Bayin va Ichki Mongoliya maxsus ma’muriy tumanidagi Baotou shaharlarida jinoyatlarini amalga oshirgan. U qurbonlarini o‘ldirishdan avval zo‘rlagani, eng yosh qurboni 8 yoshli qizaloq bo‘lgani bildirilmoqda.
Qamoqqa olinganidan so‘ng jinoyatchi qilmishlariga iqror bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)