Turkiyaning Shirnoq provinsiyasida joylashgan Jizra shahrida politsiya nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
78 kishi jarohatlandi.
Portlovchi moddalarga to‘ldirilgan avtomobil maxsus qo‘shinlar shtab-kvartirasidan 50 metr naridagi post oldida havoga uchirildi. Binoga jiddiy zarar yetkazilgani aytilmoqda.
Izoh (0)