Dog‘istondagi Gubden qishlog‘i yaqinida federal kuchlar xodimlariga o‘q uzgan jangari yo‘q qilindi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“26-avgust, juma kuni ertalab Gubden qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonda huquq-tartibot xodimlari qurollangan erkakdan hujjatini taqdim etishni talab qildi. Biroq u bunga javoban xodimlarga qarata o‘q uzdi. Yuzaga kelgan otishmada jangari yo‘q qilindi”, — deya ta’kidlagan manba.
Hodisa sodir bo‘lgan manzil qurshab olindi va jangarining (ayni paytda uning shaxsi aniqlanmoqda) sheriklari bor-yo‘qligini bilish uchun tintuv o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)