Turkiyaning Gaziantep shahridagi to‘y chog‘ida ro‘y bergan terakt qurbonlari soni 50 kishiga yetdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 30 kishiga yaqin ekanligi ma’lum qilingan edi. Mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on mazkur songa aniqlik kiritib, 27 kishi halok bo‘lgani, 94 kishi yaralanganini aytgan edi.
Izoh (0)