AQShning Alabama shtati, Mobil grafligida besh kishi, jumladan, homilador ayol o‘ldirildi. Bu haqda, politsiya manbalariga tayanib, mahalliy “Alabama.com” internet-nashri ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
OAVga ko‘ra, gumonlanuvchi Grin grafligida qo‘lga olingan. Jinoyatga motivlari haqida hozircha ma’lum qilinmadi.
Fojia joyida politsiya tergovchilari ishlamoqda.
Izoh (0)