AQSh rasmiylari Luizianadagi shiddatli toshqinlardan so‘ng oradan bir hafta o‘tgach, mazkur shtatga 56 million dollardan oshiq mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda 20-avgust, shanba kuni mamlakat favqulodda vaziyatlar federal agentligi (FEMA) ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Agentlikka ko‘ra, mazkur mablag‘ning asosiy qismi — 39 million dollardan ziyodi jabrlanganlarni vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlash va tabiiy ofat hududidagi uylarda birinchi galdagi ta’mirlash ishlari uchun ajratildi.
Shuningdek, federal g‘aznadan hozirgacha jabrlangan aholi, kichik va o‘rta biznesga ko‘mak uchun 3,5 million dollar berildi. Yana 2 million dollar AQSh transport vazirligi tomonidan toshqin hududidagi avtoyo‘llar, ko‘priklarni tezkor ta’mirlash uchun ajratildi.
Izoh (0)