Buyuk Britaniya chegara xizmati xodimlari Angliyaning janubiy sohilida bortida bir tonna kokain bo‘lgan kemani qo‘lga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Chegarachilar “Byanka” baliqchilik traulerini Kornuollda 18-avgust, payshanba kuni to‘xtatdi. Kemada umumiy og‘irligi bir tonnadan oshgan kokain to‘ldirilgan 50 qop topildi.
Narkotiklarning taxminiy qiymati 80 million funt sterlingga baholanmoqda. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar partiyasi bo‘ldi. Kemada bo‘lgan uch kishi, jumladan, trauler egasi hibsga olindi.
Izoh (0)