Afg‘oniston hukumat kuchlari Qunduz viloyatidagi muhim ahamiyatga ega hududni qo‘lga kiritdi va uni toliblardan tozalashga erishdi. Bu haqda viloyat gubernatori ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Tolo mustaqil yangiliklar telekanali hukumat kuchlari Qunduzdan 30 kilometr sharqda joylashgan Xonobod shahrini egallaganligini tasdiqladi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, “Tolibon” jangarilari hali ham okrug shtabi atrofida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xonobod 20-avgust, shanba kuni ertalab toliblar tomonidan egallangandi.
Izoh (0)