14-iyul kuni Nitssada amalga oshirilgan terakt natijasida jabrlanganlardan biri olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi. Bu haqda Fransiyaning qurbonlarga ko‘mak berish bo‘yicha davlat kotibi Jyulyett Meadel ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Biz Nitssadagi terakt chog‘ida yaralangan erkakning vafot etgani haqida qayg‘u bilan xabar topdik. Endi o‘ldirilganlar soni 86 kishini tashkil qildi”, — deyiladi Meadelning bayonotida.
Nitssadagi terakt 14-iyul kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bastiliya ishg‘ol qilingan kun munosabati bilan bayramona mushakbozlikni tomosha qilishga yig‘ilgan kishilarni yuk mashinasi bosib ketdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi odamlarni deyarli ikki kilometr yo‘l davomida bosib o‘tgan. Bundan tashqari, haydovchi odamlarga o‘q uzgan. Hodisa natijasida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jabrlandi.
Izoh (0)