KXDRning Moskvadagi elchixonasi uchinchi kotibi Kim Chxol Son (Kim Chxor Sen) oilasi bilan Janubiy Koreyadan qo‘nim topdi. Bu yerda uni tegishli davlat idoralari o‘z himoyasiga oldi, deya xabar beradi TJournal.
Iyul oyi boshlarida diplomatning Sankt-Peterburgda g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi: uning xizmat kvartirasi bo‘m-bo‘sh, telefoni esa o‘chirilgandi. Besh kun mobaynida Shimoliy Koreya vakolatxonasi uni o‘z kuchi bilan topishga harakat qildi. Urinishlar natija bermagach, politsiyaga murojaat qildi va rasman unga taalluqli ma’lumotlarni taqdim etdi.
Politsiya Kim Chxol Son parvozdan uch soat avval chipta olib, turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan Minskka uchib ketganini aniqladi. Ekspertlar va jurnalistlar o‘shanda u oilasi bilan Yevropaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirganini taxmin qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropada Pxenyanni valyuta bilan ta’minlashga mas’ul Shimoliy koreyalik mansabdor g‘oyib bo‘lgani bildirilgandi.
Izoh (0)