AQShning United Launch Alliance kompaniyasi 19-avgust, juma kuni Kanaveral burnidagi kosmodromdan mamlakat harbiy-havo kuchlari ehtiyoji uchun ikki josuslik sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Delta IV tashuvchi raketasini uchirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sun’iy yo‘ldoshlar raketa belgilangan balandlikka yetganidan so‘ng ajraladigan maxsus kapsulaga joylashtirildi. Qurilmalar 35,9 ming kilometr balandlikdagi orbitaga olib chiqilishi mo‘ljallangan.
Ular amerikalik harbiylarning GSSAP deya nom olgan yangi dasturi doirasida foydalaniladi. OAVlarga ko‘ra, AQSh shu tariqa boshqa davlatlarning sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish bilan shug‘ullanadi. Mazkur tizimning bir qismi bo‘lgan ilk ikki qurilma Delta IV yordamida 2014-yil iyulida orbitaga olib chiqilgandi.
Izoh (0)