AQShning Uber Technologies Inc. taksi buyurtma qilish xizmati hamda Shvetsiyaning Volvo avtokonserni imzolagan yangi shartnomaga muvofiq, ikki kompaniya haydovchisiz avtomobillar uchun dasturiy ta’minot yaratish ishlanmalariga 300 million dollar investitsiya kiritadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mablag‘ kompaniyalar o‘rtasida teng taqsimlanadi va, dasturiy ta’minot yaratishdan tashqari, ularga moslashgan uskunalar, jumladan, yo‘ldagi to‘siqlarni aniqlash sensorlari ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
Avtomobil Volvo XC90 yo‘ltanlamasi negizida yaratiladi.
Izoh (0)