Indoneziyalik bloger va haykaltarosh Ishvan Nur Art Stage Jakarta 2016 ko‘rgazmasida shar va kublarga aylantirilgan “Qo‘ng‘iz” (Volkswagen) avtomobillaridan iborat yangi ekspozitsiyani taqdim etdi, deya xabar bermoqda The Awesome Daily.
Ijodkorning aytishicha, u ko‘pchilik odamlar darrov tanib ololgani va dizaynerlik nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli chiqqani uchun ham Volkswagen’ning aynan shu modelini o‘z ijod namunasiga “xomashyo” sifatida tanlagan.
Nur o‘z ijod namunalari bilan tarmoqda yaxshi ma’lum. Oldinroq u “Qo‘ngiz”lardan iborat sharlarni Gonkongdagi ko‘rgazmada namoyish etgan va mazkur kompozitsiya fotosi salkam million marotaba ko‘rilgandi. Ekspozitsiyani o‘rnatish jarayonini ham YouTube’da tomosha qilish mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)