Kruiz layneri bortidan tushib ketgan xitoylik sayyoh 38 soat davomida dengizda suzib, omon qoldi. Bu haqda, Metro nashriga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
32 yoshli shanxaylik Fen ismli ayol Shanxaydan Yaponiya va Janubiy Koreyaga kruiz safarini uyushtirayotgan kema bortida edi. To‘rtinchi palubadan dengiz manzaralarini tomosha qilar ekan, ayol bort ostiga qaramoqchi bo‘lib egildi, ammo muvozanatni saqlay olmay taxminan yetti qavatli uy balandligidan dengizga tushib ketdi.
Fen yordamga chaqirdi, lekin uni hech kim eshitmadi. U bilan birga sayohatga chiqqan ota-onasi qizlari g‘oyib bo‘lganini bir necha soatdan so‘ng aniqladi.
Fen qariyb ikki kun davomida suvsiz, ovqatsiz va qutqaruv ashyolarisiz dengizda bo‘ldi. Uning yo‘lidan chiqib qolgan baliqchilar kemasi halokatga uchragan ayolni qabul qildi.
Meduzalar yetkazgan ayrim mayda jarohatlarni aytmasa, ayol sog‘-omon, deyiladi xabarda.
Izoh (0)